React Native styling chuqur

Asosiy komponentlar va layout yetarli — endi ilova "tugallangan" ko'rinishi uchun styling detaillar: soya, global ranglar, izchillik.

Global ranglar — constants/colors.js

Takrorlanmaslik uchun:

// constants/colors.js export default { primary500: '#72063c', primary700: '#4d0329', accent500: '#ddb52f', gray700: '#221c30', };

Ishlatish:

import Colors from '../constants/colors'; <View style={{ backgroundColor: Colors.primary500 }} />

Rang o'zgarganda bitta fayl yetadi.

Border va borderRadius

{ borderWidth: 2, borderColor: Colors.primary700, borderRadius: 12, }

Faqat bitta burchak:

borderTopLeftRadius: 16,

Shadow — platforma farqi

iOS:

shadowColor: '#000', shadowOffset: { width: 0, height: 2 }, shadowOpacity: 0.25, shadowRadius: 4, backgroundColor: 'white', // iOS shadow uchun fon kerak

Android:

elevation: 6,

Platform.select
yoki alohida style obyektlari bilan birlashtiring.

Matn ierarxiyasi

title: { fontSize: 24, fontWeight: 'bold', color: Colors.gray700 }, subtitle: { fontSize: 16, color: '#666' }, body: { fontSize: 14, lineHeight: 22 },

Bir xil fontSize/weight butun ilovada — professional ko'rinish.

Padding va spacing tizimi

8 px grid mashhur: 8, 16, 24, 32...

export const Spacing = { sm: 8, md: 16, lg: 24, };

Finishing touches

  • StatusBar rangi (
    expo-status-bar
    yoki
    StatusBar
    )
  • Bo'sh holat matnlari ("Hali maqsad yo'q")
  • Minimal animatsiya (
    animationType
    Modal da)
  • Yetarlicha touch target (kamida ~44pt balandlik)

Xulosa

  • Ranglar va spacing — constants faylida
  • Shadow iOS/Android da turlicha
  • Izchillik kichik detaylardan keladi
  • Demo app ni "mahsulot" ga yaqinlashtirish — shu bosqich

Keyingi bo'limda debugging — xatolarni topish va tuzatish.