Oldingi darsda biz type narrowing bilan null muammosini hal qildik. Endi esa TypeScript da yanada oson usullar bor:
- Non-null assertion (!)
- Optional chaining (?.)
📌 1. Non-null assertion (!)
Ba'zan siz aniq bilasizki qiymat null emas, lekin TypeScript baribir shubhalanadi. Masalan:
const inputEl = document.getElementById("user-name")
Type:
HTMLElement | null
📌 Muammo
inputEl.value // ❌ error
📌 Yechim — ! ishlatamiz
inputEl!.value
📌 Bu nimani anglatadi?
! → "Ishon, bu null emas"
Ya'ni siz TypeScript ga aytyapsiz:
“Men aniq bilaman, bu yerda null bo‘lmaydi”
📌 Eslatma (MUHIM ⚠️) Agar aslida qiymat null bo‘lsa:
inputEl!.value
❌ runtime error beradi Shuning uchun: 👉 faqat 100% ishonch bo‘lsa ishlatish kerak
📌 2. Optional Chaining (?.)
Agar siz xavfsiz tekshirishni xohlasangiz, ?. ishlatiladi.
📌 Misol
const inputEl = document.getElementById("user-name") console.log(inputEl?.value)
📌 Bu nima qiladi?
agar inputEl mavjud bo‘lsa → value ni oladi agar null bo‘lsa → undefined qaytaradi
📌 Oddiy qilib
inputEl?.value
≈
if (inputEl) { inputEl.value }
📌 Farqi
📌 Yana misollar
🔹 Object bilan
const user = { name:"Ali", address: { city:"Tashkent" } } console.log(user.address?.city)
🔹 Agar yo‘q bo‘lsa
constuser= {} console.log(user.address?.city)// ❌ error bermaydi
Natija:
undefined
🎯 Xulosa
- ! → “bu null emas” deb majburan aytamiz
- ?. → xavfsiz tekshirib ishlatamiz
💡 Qachon qaysi biri?
- Agar aniq ishonch bo‘lsa → !
- Agar xavfsiz kod yozmoqchi bo‘lsangiz → ?.