TypeScript da null va undefined ham alohida type hisoblanadi.
📌 undefined nima?
undefined — bu qiymat berilmagan degani. Masalan:
let user; console.log(user);
Natija:
undefined
Sababi:
user ga hali qiymat berilmagan
📌 null nima?
null — bu ataylab bo‘sh qiymat berish degani. Masalan:
let selectedUser = null;
Bu degani:
hozircha user yo‘q
lekin keyin berilishi mumkin.
📌 JavaScript da muammo
Oddiy JavaScript da null va undefined ko‘pincha har qanday type bilan ishlaydi. Masalan:
let name: string = null;
JavaScript bunga ko‘pincha ruxsat beradi. Bu esa xatolarga olib kelishi mumkin.
📌 TypeScript da yechim
TypeScript da strictNullChecks yoqilgan bo‘lsa:
let name: string = null
❌ Xato beradi Chunki:
string → faqat string bo‘lishi kerak
📌 Agar null ga ruxsat bermoqchi bo‘lsak
Union type ishlatiladi:
let name: string | null
Bu degani:
name → string bo‘lishi mumkin yoki → null bo‘lishi mumkin
📌 Misol
let selectedUser: string | null = null
Keyin:
selectedUser = "Ali"
📌 undefined bilan ham shunday
let age: number | undefined
Bu degani:
age → number yoki → undefined
📌 Real misol
Masalan API dan user kelishi mumkin yoki kelmasligi mumkin:
type User = { name: string } let user: User | null = null
Keyin:
user = { name:"Ali" }
🎯 Xulosa
TypeScript da:
💡 Eng muhim narsa strictNullChecks yoqilgan bo‘lsa:
string ≠ null
Shuning uchun null yoki undefined ishlatmoqchi bo‘lsangiz union type yozish kerak.