Oldingi darslarda biz arrays (massivlar) bilan ishladik. Masalan:
let hobbies: string[] = ["sports","cooking"]
Bu yerda:
array ichidagi barcha elementlar → string
Lekin ba'zi hollarda bizga oddiy array emas, balki aniq strukturaga ega array kerak bo‘ladi. Shunday vaziyatlarda Tuples ishlatiladi.
📌 Tuple nima?
Tuple — bu elementlari aniq type va aniq tartibga ega array. Masalan:
let user: [string,number]
Bu degani:
1-element → string 2-element → number
📌 Misol
let user: [string,number] = ["Ali",25]
Bu to‘g‘ri ishlaydi.
❌ Noto‘g‘ri misol
let user: [string,number] = [25,"Ali"]
TypeScript error beradi. Chunki tartib noto‘g‘ri.
📌 Tuple ni boshqa misol
Masalan user haqida ma'lumot:
let person: [string,number,boolean]
Bu degani:
name → string age → number isStudent → boolean
Misol
let person: [string,number,boolean] = ["Ali",20,true]
📌 Tuple qachon ishlatiladi?
Tuple ishlatiladi agar:
array elementlarining type va tartibi oldindan aniq bo‘lsa
Masalan:
coordinates database rows API responses
⚠️ Tuple haqida qiziq fakt
Tuple aslida arrayning maxsus turi. Shuning uchun ba'zi array metodlari ishlaydi:
person.push("new value")
Lekin TypeScript ba'zi joylarda buni tekshira olmaydi. Shuning uchun tuple bilan ehtiyot bo‘lish kerak.
🎯 Xulosa
Tuple:
aniq uzunlikdagi aniq type tartibidagi array
Misol:
let user: [string,number] = ["Ali", 25]
💡 Keyingi dars “Object Types” bo‘ladi. Bu TypeScript dagi eng muhim mavzulardan biri.