Oldingi darslarda biz TypeScript da function parametrlariga type berishni o‘rgandik. Masalan:

function add(a: number, b: number) { return a + b }

Bu yerda:

  • a → number
  • b → number

📌 Return Value Type nima? Function nafaqat parametr, balki qaytaradigan qiymat (return value) ham type ga ega bo‘lishi mumkin. TypeScript da biz function nimani qaytarishini ham aniq ko‘rsatishimiz mumkin.

📌 Return type yozish Return type parametrlar yopilgandan keyin yoziladi. Sintaksis:

function name(params): returnType { }

Misol:

function add(a: number, b: number):number { return a + b }

Bu yerda:

:number

— function number qaytarishini bildiradi.

📌 Nima uchun number? Chunki:

a + b

natijasi number bo‘ladi. Shuning uchun function number qaytaradi.

📌 Agar noto‘g‘ri type bersak Masalan:

function add(a: number, b: number):string { return a + b }

Bu error beradi. Chunki:

  • TypeScript string kutyapti
  • lekin biz number qaytaryapmiz

📌 Ko‘p hollarda yozish shart emas TypeScript ko‘p hollarda return type ni o‘zi aniqlay oladi. Masalan:

function add(a: number,b: number) { return a + b }

TypeScript ko‘radi:

a + b → number

Shuning uchun avtomatik:

return type = number

📌 Type ni ko‘rish Agar editor (VS Code) da function ustiga sichqoncha olib borsangiz: TypeScript function type ni to‘liq ko‘rsatadi. Masalan:

(a: number, b: number) => number

📌 Qachon return type yoziladi? Ko‘pincha yozilmaydi, chunki TypeScript infer qiladi. Lekin ba'zi hollarda:

  • katta loyihalarda
  • murakkab functionlarda
  • aniq type nazorati uchun return type ni qo‘lda yozish foydali bo‘ladi.

🎯 Xulosa Function return type — bu function qaytaradigan qiymat turi. Misol:

function add(a: number,b: number):number { return a + b }

Bu function:

  • number qabul qiladi
  • number qaytaradi