Oldingi darsda biz literal types va union types ishlatdik. Masalan:

let userRole: 'admin' | 'editor' | 'guest'

Bu ishlaydi, lekin ba'zan type juda uzun bo‘lib ketishi mumkin. Agar bu typeni kodning boshqa joylarida ham ishlatmoqchi bo‘lsak, uni har safar yozish noqulay.

📌 Muammo Masalan bizda funksiya bor:

function access (role: 'admin' | 'editor' | 'guest') { }

Bu yerda biz yana shu uzun typeni yozdik. Agar keyin yangi rol qo‘shsak:

reader

Unda barcha joylarda typeni o‘zgartirishimiz kerak bo‘ladi. Bu esa:

  • xato qilish ehtimolini oshiradi
  • keraksiz takror yozish bo‘ladi

📌 Yechim — Type Alias TypeScript da type kalit so‘zi bor. Bu yordamida biz custom type (o‘z type) yaratishimiz mumkin.

type Role = 'admin' | 'editor' | 'guest'

Bu yerda:

Role

— bu type alias (type nomi).

📌 Endi undan foydalanish

let userRole: Role userRole = 'admin' userRole = 'guest'

Funksiyada ham ishlatish mumkin:

function access(role: Role) { }

Endi biz type ni faqat bitta joyda yozdik.

📌 Keyin yangi qiymat qo‘shish oson

type Role = 'admin' | 'editor' | 'guest' | 'reader'

Va hamma joyda avtomatik ishlaydi.

📌 Object type bilan ham ishlaydi Masalan user uchun type yaratamiz:

type User = { name: string age: number role: Role permissions: string[] }

Endi:

let user: User

📌 Bu juda foydali Chunki object type lar ko‘pincha katta va murakkab bo‘ladi. Type alias yordamida ularni bitta nom bilan ishlatish mumkin.

🎯 Xulosa Type Alias — bu type ga nom berish. Masalan:

type Role = 'admin' | 'editor' | 'guest'

Foydasi:

  • kodni qisqa qiladi
  • takror yozishni kamaytiradi
  • xatolarni oldini oladi
  • katta loyihalarda juda kerak