Ba’zan biz xohlaymizki, o‘zgaruvchi faqat aniq bir qiymatlarni qabul qilishi mumkin bo‘lsin, lekin enum ishlatishni xohlamaymiz. 📌 Masala Masalan, bir o‘zgaruvchi faqat "small", "medium" yoki "large" bo‘lishi kerak. Oddiy TypeScript da:

let size: string size = "small" size = "huge"// xato, lekin TypeScript bu yerda error bermaydi

📌 Literal types yordamida Literal type bilan biz TypeScript ga shunday deymiz:

“Bu o‘zgaruvchi faqat shu qiymatlardan birini qabul qilishi mumkin” Masalan:

let size: "small" | "medium" | "large"

Endi:

size = "small"// ok size = "medium"// ok size = "large"// ok size = "huge"// xato! TypeScript error beradi

📌 Qachon ishlatiladi?

  • Agar siz o‘zgaruvchi faqat cheklangan qiymatlarni qabul qilishini xohlaysiz.
  • Bu enum ishlatishga o‘xshaydi, lekin kichik va sodda holatlarda qulayroq. 📌 Misol
type UserRole = "admin" | "editor" | "guest" let role:UserRole role = "admin" // ok role = "guest" // ok role = "superadmin" // xato!

📌 Farqi enum bilan solishtirganda 🎯 Xulosa

  • Literal types — bu o‘zgaruvchining faqat belgilangan qiymatlarni qabul qilishini ta’minlaydi.
  • Oddiy string yoki number o‘zgaruvchilar bilan xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ishlatiladi.
  • Misol:
type Direction = "up" | "down" | "left" | "right" let move: Direction move = "up" // ok move = "left" // ok move = "forward" // xato!